O‘zbekistondagi OTMlarda tutor lavozimi joriy etildi

1 sentabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha guruh murabbiyi instituti bekor qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Hukumatning tegishli qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha guruh murabbiyi instituti bekor qilindi.
Uning o‘rniga 1−3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Tutorlar oylik maoshi “O‘qituvchi-stajor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi
Talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi
Tutorlar talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi va ularga mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam beradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi tuzilmasida Tutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi tashkil etiladi.