Rossiyaning arzon uy-joy quruvchi yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi

PIK – arzon uy-joy qurishga ixtisoslashgan Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalardan biridir.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiyaning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lgan PIK guruhi O‘zbekiston uy-joy qurilish bozoriga chiqish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida kompaniya bosh direktori va asosiy aksioneri Sergey Gordeyev RIA Novostiga ma’lum qildi.
"O‘zbekiston – bu istiqbolli bozor, lekin biz u yerda ham narxlar o‘sayotganini ko‘rmoqdamiz. U yerda mahalliy kompaniyalar soni ham juda ko‘p. Hamma gap biz u yerga qanday mahsulot bilan chiqishimizda. Balkim biroz keyinroq chiqarmio‘, lekin bu yo‘nalish biz ko‘rib chiqqan mamlakatlardan biri edi ", - dedi Gordeyev.
PIK – Rossiyaning uy-joy qurish va sotish bilan shug‘ullanadigan yirik kompaniyalardan biridir. U ko‘chmas mulk bozorida 1994-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. PIK – arzon uy-joy qurishga ixtisoslashgan kompaniya. Uning aksiyalarning 60 % tadbirkor Sergey Gordeyevga va 23% VTBbankiga qarashli.