MDH O‘yinlarida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egalladi

birinchi MDH O‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi 23ta oltin 32ta kumush va 35ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi MDH O‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Yakuniy reyting jadvaligi muvofiq O‘zbekiston sportchilari jami 90ta medal yutib olishgan. Ulardan 23 tasi oltin, 32tasi kumush va 35tasi bronza medallar. Oltin medallar boks, kurash, sambo, dzudo, karate va o‘q otish kabi sportning "jangovar" turlaridan qo‘lga kiritildi.
Itogovaya tablitsa medaley pervix Igr SNG va Kazani
Birinchi o‘rin - musobaqa mezboni Rossiya jamoasiga tegishli bo‘ldi. Rossiyalik sportchilar 111ta oltin, 41ta kumun va58 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
Uchinchi o‘rin esa - Qozog‘iston jamoasini nasib etdi: 18ta oltin, 35ta kumush va 51ta bronza medal. Musobaqaning yakuniy reyting jadvalini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, birinchi MDH O‘yinlari 4-sentabrda boshlanib 11-sentabrda yakunlangan edi. Ushbu musobaqalarda O‘zbekistondan 164 nafar sportchi sportning 10 turi bo‘yicha ishtirok etishdi.