Zaharli ko‘lbar uyqudagi erkak qo‘yniga sudralib kirdi. Hodisa Hindiston shimoli-g‘arbidagi Bansvara shahridagi ibodatxonalardan birida yuz berdi, deb yozadi The Daily Mail.
Video kadrlarida aks etishicha, ilon uxlab yotgan erkak yopingan ko‘rpani ichiga sudralib kiradi. Erkak avvaliga u yondan-bu yonga ag‘dariladi, so‘ngra birdan sakrab turib ketadi, ko‘lbar esa o‘rmalab nari ketadi. Jondor insonga zarar yetkazmaydi.
Ibodatxona tog‘da joylashgani uchun, u yerda nafaqat ko‘lbar, balki qoplonlar ham uchrab turadi.
Nashr ta’kidiga ko‘ra, videodagi hind ko‘lbari bo‘lgan, u ko‘zoynakli ilon nomi bilan ham mashhur. Jonivor uzunligi ikki metrgacha yetishi mumkin, zahari esa asab tizimiga shikast yetkazishga qodir.