“Shimoliy oqim-2” qurilishi to‘liq yakunlandi

“Shimoliy oqim-2” qurilishi yakunlandi - "Gazprom".
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. “Shimoliy oqim-2” qurilishi yakunlandi, deb ma’lum qilindi “Gazprom”da.
"Gazprom" ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Aleksey Miller ertalabki tezkor yig‘ilishda, bugun ertalab Moskva vaqti bilan 8:45da "Shimoliy oqim-2" gaz quvurining qurilishi to‘liq yakunlanganini aytdi", - deyilgan kompaniyaning Telegram- kanalida.
Yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
"Shimoliy oqim-2" - birinchi oktabrdan ishga tushadi

“Shimoliy oqim – 2”

Magistral Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi tubi bo‘ylab yotqizilgan. Gaz quvurining ikkita liniyasining quvvati yiliga 55 milliard kubometrni tashkil qiladi. O‘rnatish uch yil davom etdi.
Tranzitdan tushadigan daromadni yo‘qotishdan qo‘rqqan Ukraina, shuningdek, suyultirilgan gazni Yevropaga sotishdan manfaatdor bo‘lgan AQSh quvur qurilishiga faol qarshilik ko‘rsatdi.
Vashington bir necha bor qurilishda ishtirok etayotgan kompaniyalarga sanksiyalar kiritdi, natijada qurilish deyarli bir yilga sekinlashdi. Shu o‘rinda Germaniya va Avstriya bu loyihani faol qo‘llab-quvvatladi.
Eskpert “Shimoliy oqim-2”ni sotish g‘oyasiga munosabat bildirdi
2019 yil 23-mayda kuchga kirgan YeIning gaz bo‘yicha direktivasi bo‘yicha bahs haligacha hal qilinmagan. Uning qoidalariga ko‘ra, o‘sha sanadan keyin qo‘yilgan quvur qisman muqobil yetkazib beruvchi tomonidan to‘ldirilishi kerak, yoki uning Yevropa Ittifoqidagi qismi uchinchi tomon kompaniyasiga tegishli bo‘lishi kerak. Regulyator va Germaniya sudi “Shimoliy oqim-2”ni hujjatdan olib chiqmaslikka qaror qildi.
Rossiya bu qoniqtirmaydi. Moskva tomoniga ko‘ra, texnik dalillarga emas, balki iqtisodiy dalillarga tayanish kerak: direktivani yangilash vaqtida, avvalgi huquqiy vaziyatni hisobga olgan holda, loyihaga milliardlab dollarlik sarmoya kiritildi.