Rossiya Tolibon* hukumatining inauguratsiyasida ishtirok etmaydi - Peskov

Rossiya Tolibon* hukumatining inauguratsiya marosimida hech qanday tarzda ishtirok etmaydi - Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya Tolibon* hukumatining inauguratsiya marosimida hech qanday tarzda ishtirok etmaydi, deb ma’lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Tolibon* hukumatining inauguratsiyasi 11-sentabr kuniga belgilagandi.
Tolibon* hukumatining inauguratsiyasi 11-sentabr kuniga belgilandi - manba
Unga ko‘ra, marosimga Rossiya, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Eron va Qatar taklif etilgandi.
7 sentabr kuni toliblar* Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulg‘ani Barodar uning o‘rinbosari bo‘ladi.
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati