“Roma” bosh murabbiyi Shomurodovni bir so‘z bilan ifodaladi

Muxlislar Shomurodovni “tirishqoq”, “genial”, “to‘xtatib bo‘lmaydigan” deb atashdi.
Sputnik
TOShKENT, 10sen - Sputnik. Italiyaning "Roma" futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni yuqori baholadi.
Futbol klubining Instagramida yaqinda paydo bo‘lgan postida, muxlislarga "Eldorni bir so‘z bilan ta’riflang" deb murojaat qilingan edi. Tez orada ushbu post ostida Xabarga 120 mingga yaqin "layk" va 5 mingdan ortiq izoh keldi.
Muxlislardan “tirishqoq”, “genial”, “to‘xtatib bo‘lmaydigan” kabi izohlar kelib tushdi. Jamoa bosh murabbiyi ham post ostiga o‘z fikrini qoldirdi.
"Top" - dedi Joze Mourino qisqacha qilib.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida "Roma" Shomurodov bilan 5-yillik shartnoma imzoladi. O‘zbekistonlik futbolchi endi "bo‘rilar" safida 14 -raqami ostida o‘ynaydi. Eldor Shomurodov 2020-yilda Italiyaning "Jenoa" jamoasiga Rossiyaning "Rostov"idan o‘tgan edi.