TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Amerikaliklarning Afg‘onistondan ketishi yangi inqirozga olib keldi, bu mintaqaviy va global xavfsizlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqmas, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida chiqishi vaqtida.
"AQSh va uni ittifoqdoshlarini Afg‘onistondan chiqishi yangi inqirozga olib keldi va bu mintaqaviy hamda global xavfsizlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi, avvalgidek, noaniqligicha qolmoqda", - deya ta’kidladi Rossiya yetakchisi.
Rossiya rahbari fikriga ko‘ra, Afg‘onistondagi inqiroz - mas’uliyatsizlik bilan amalga oshirilgan siyosatning bevosita oqibati bo‘lib, bugun uni natijalarini butun jahon hamjamiyati "ta’tishga" majbur bo‘lmoqda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, birlashma mamlakatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) ushbu masalaga alohida e’tibor qaratishayotgani adolatdandir.
Avgust oyining o‘rtasida "Tolibon"* radikal harakati jangarilari Qobulni egallab, prezident saroyini qurshab oldilar. Oqibatda Ashraf G‘ani davlat rahbari vakolatlarini o‘zidan sokit qilib, respublikani tark etdi.
Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay, "Tolibon"* harakati rahbariyati muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.
* RFda ta’qiqlangan xalqaro terroristik tashkilot.