TOShKENT, 10 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni XVI Tokio Paralimpiada ishtirokchilari bilan uchrashdi.
Tadbirda Milliy paralimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, paralimpiyachilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etishdi.
Prezident farmoniga muvofiq, Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
– Sizlar erishgan yutuqlar tinimsiz jismoniy mashqlar bilan birga, kuchli ruhiy tayyorgarlik, mustahkam iroda va pok niyat samarasidir, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Ulug‘ mutafakkir bobomiz Hakim Termiziy aytganlaridek, “Inson biron narsani yo‘qotsa, qayg‘urmasligi kerak. Faqat niyatni yo‘qotsa, qayg‘urishi kerak. Chunki har qanday xayrli ish pok niyat bilan ijobat bo‘ladi, - dedi prezident.
Prezident, o‘zbekistonda paralimpiya harakatini rivojlantirish uchun qator ishlar amalga oshirilayotganini va rejalashtirilganni aytib o‘tdi.
Xususan, kelgusi o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi qoshida Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash institutini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev pozdravil paralimpiysev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Undan tashqari, “Amirsoy” tog‘-chang‘i sport majmuasi hamda “Humo-Arena” muz saroyi bazalarida paralimpiyachilar uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tarkibida “Matonat maktabi” tashkil etish taklifini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 24-avgustidan 5-sentabrigacha Tokioda bo‘lib o‘tgan musobaqada 55 nafar o‘zbekistonlik paralimpiadasilar 8 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston jamoasi 8ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
Yakuniy reytingda O‘zbekistona jamoasi 160 dan ziyod davlatlar o‘rtasida 16- o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Yana bir e’tiborli tomoni, shu 19 ta medalning 11 tasini sportchi qizlar qo‘lga kiritgan edi.
Shavkat Mirziyoyev pozdravil paralimpiysev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana