TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida poyezd va yuk avtomobili o‘zaro to‘qnashib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 9-sentabr kuni soat 09:20 larda tumandagi Azlarsoy MFY hududidan o‘tgan temir yo‘l kesishmasida ro‘y bergan. Fuqaro A.Y. boshqaruvidagi №0203-raqamli elektrovoz hamda haydovchi B.B. boshqaruvidagi “Howo”rusumli yuk avtomobili to‘qnashgan.
YTH oqibatida yuk avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda bu holat yuzasidan viloyat IIBB Transportda jamoat xavfsizligini taminlash bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.