G20 davlatlari “Sputnik V”ni koronavirus profilaktikasi uchun eng yaxshi vosita deb tan oldi

2020 yilning avgust oyida Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina - “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. G20 davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasini koronavirus profilaktikasi uchun eng yaxshi vaksina deb tan olishdi. Bu haqida Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko xabar qildi.
“So‘nggi bir necha o‘n yillar davomida, tibbiyot fanida bunday hodisa ilk marotaba sodir bo‘ldi – ushbu peparatni butun dunyoda bilishadi. Hozir bo‘lib o‘tayotgan G20 davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari sammitida vazirlar “Sputnik - koronavirus profilaktikasi uchun eng yaxshi preparat" deyishmoqda, - dedi Murashko.
Shundan so‘ng Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Moskva shahri rahbariyati hamda shifokorlariga ushbu mahalliy preparat sinovida ishtirok etganlari uchun minnatdorlik bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ushbu davlat “Sputnik V” vaksinasining barcha zahiralarini ishlatib bo‘lganini va preparatga talab juda yuqori ekanini qayd etgan edi.
Undan tashqari Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko V Umumjahon parlamentariylar konferensiyasi davomid Rossiyada ishlab chiqarilgan preparat YeIda ro‘yxatdan o‘tkazilshiga ishonch bildirgan edi.