TOShKENT, 8 sen – Sputnik. “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan Dushanbe shahrida 2021-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston hamda Tojikiston hukumati o‘rtasida imzolangan Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Ushbu jamg‘arma iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgach, uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.