“Qatar Airways” O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Bu ruxsatnoma bilan muntazam parvozlar Doha-Toshkent-Doha yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. “O‘zaviatsiya” agentligi “Qatar Airways” aviakompaniyasi O‘zbekiston muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.
Bu ruxsatnoma O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida 7-sentabr kuni berilgan
Muntazam parvozlar Doha-Toshkent-Doha yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boing 777 va Boing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.
Hind aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni bajarish uchun ruxsatnoma oldi