O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi kamaydi

Joriy yilning 7 oyi mobaynida O‘zbekiston 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 12,2 mingta yengil avtomobil import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kam. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qiymati 258,3 mln dollarga teng bu avtomobillar 21 ta xorijiy davlatlardan olib kelingan.
Joriy yilning 7 oyi mobaynida O‘zbekistonga yengil avtomobillar eng ko‘p Xitoy (3751), Koreya (3187), Rossiya (2589), Qozog‘iston (1330), Polsha (386), Litva (312), Tailand (250), AQSh (238), Germaniya (70) va Yaponiyadan (56 ) import qilingan.
Yetti oyda O‘zbekistonga 432 ta elektromobil olib kelindi