Moskvada kuz oyida birinchi haydovchisiz taksi ish boshlaydi

Haydovchisiz taksi shahardagi “Yasenevo”, “Novoyasenevskaya” va “Bitsevskiy park” bekatlari atrofida ishlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. 2021-yil kuzida “Yandeks” Moskvada haydovchisiz taksini sinovdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda RIA Novosti kompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Bespilotnie avtomobili "Yandeksa"
Haydovchisiz taksi shahardagi “Yasenevo”, “Novoyasenevskaya” va “Bitsevskiy park” bekatlari atrofida ishlaydi. Yo‘lovchilar haydovchisiz taksini “Yandeks Go” ilovasi orqali chaqirishlari mumkin. Bu taksida ular metroga, savdo markaziga yoki sport zallariga borishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, vaqt o‘tishi bilan bunday mashinalar soni va ular manzilga eltib qo‘yadigan joylar ko‘paytiriladi.
“Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi. Uch yil ichida Innopolisdagi yo‘lovchilar 20 mingdan ziyod safar qilishdi. “Yandeks”ning haydovchisiz taksilari Rossiya, AQSh va Isroildagi yo‘llarda 14 million kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tgan.