Panjsher marshal Do‘stum ishtirokida Tolibon*ga yoqimsiz surpriz tayyorlamoqda

Tolibon* rejimini ma’qullamagan sobiq afg‘on rasmiylari mamlakatning Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlovchi kengashni tuzadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Tolibon* rejimini ma’qullamagan sobiq afg‘on rasmiylari mamlakatning Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlovchi kengashni tuzadi. Bu haqda Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Ag‘bar ma’lum qildi.
Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlashdi
Unga ko‘ra, ular yaqin vaqtlarda kengashni chaqirishni rejalashtirmoqda.
"Afg‘onistonning siyosiy liderlari, shu jumladan marshal Abdul-Rashid Do‘stum, yaqinda Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlash kengashini tuzadilar",- dedi elchi.
Diplomat respublikaning yangi hukumati bilan ishlash niyati yo‘qligini ta’kidladi, chunki u inklyuziv hukumat emas. Endi u mamlakat sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solihning Tojikistondagi vakili bo‘ladi.
Ag‘bar jahon hamjamiyatini kuni kecha e’lon qilingan Afg‘oniston Vazirlar Mahkamasi tarkibini tan olmaslikka chaqirdi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakati.