Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlashdi

Panjsherda toliblar Ahmad Shoh Mas’udning qabri tahqirlashdi
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Tolibon* va Afg‘oniston milliy qarshilik fronti o‘rtasidagi jang paytida Ahmad Shoh Mas’udning qabri shikastlandi.
1TV News telekanali jurnalisti Hamid Xayder Tolibon* vakillari Panjsher viloyatida 2001-yilda terrorchilar tomonidan o‘ldirilgan Shimoliy alyans rahbari Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlashdi, deb ma’lum qildi va Twitter’da shikastlangan qabr aks etgan suratni e’lon qildi.
Toliblar terrorchilarga qarshi kurashgan Afg‘oniston milliy qahramonining qabrini qisman vayron qilishdi. Ular hozirgi xalq fronti rahbari Ahmad Mas’ud otasining kichkina maqbarasidagi marmar qabr toshlaridan birini butunlay sindirishdi.
Internetda tarqalgan suratdan ko‘rinib turibdiki, atrofdagi hech narsa vayron qilinmagan, faqat plitadan tashqari, unga og‘ir narsa bilan urib shikastlangan.
Qarshilik tarafdorlari avval ham Tolibon* harakatlarini tanqid qilishgan va toliblar o‘tmishni unutmaganligini aytishdi. Xuddi shu tarzda, bundan 25-yil oldin, toliblar Mozori Sharifni egallab olishganda, buldozer bilan mashhur generallardan birining qabrini vayron qilib, qoldiqlarini Amudaryoga uloqtirishgandi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakat.