Toliblar Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilishga tayyor

Toliblar Afg‘oniston yangi hukumatini e’lon qilishga tayyorgarlik jarayoni yakuniga yetdi, deya bayonot qildilar
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. "Tolibon"* harakati vakili Axmadulla Muttakiy toliblar Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilishga tayyor, deya bayonot qildi.
"Islom hukumatini e’lon qilishga doir tayyorgarlik ishlari yakunlandi", - deb yozdi Muttakiy Twitter ijtimoiy tarmog‘ida.
Bayden toliblarni tan olish haqidagi savolga javob berdi
Bundan tashqari, toliblar vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi saylangan hukumat haqida eng yaqin vaqtda e’lon qilinadi. Hozircha hech qanday ism aytilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq toliblar yangi hukumatga mamlakatda istiqomat qiluvchi barcha etnik guruhlar yetakchilari kirishi haqida xabar berishgan edi.
Va’da qilingan hukumatda "amir-al-mo‘minin" unvoni bo‘lib, aynan u Afg‘oniston Islom Amirligiga rahbarlik qilishi aytilmoqda.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.