O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 milliondan oshdi

Sputnik
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 milliontani tashkil etmoqda. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu ko‘rchatgich 2020-yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan.
Aholi orasida mobil aloqadan foydalanadiganlar soni 24 million 868,1 mingtani tashkil etmoqda. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga ko‘proq.
Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 tani tashkil etmoqda.