O‘zbekistonda 2020-yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani tashkil qildi

Jumladan, tashlanmalarning 58 foizi — transport vositalari, 42 foizi — sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani tashkil qildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Azizjon Kalimbetov xabar berdi.
Jumladan, tashlanmalarning 58 foizi — transport vositalari, 42 foizi — sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Toshkent havosi karantin tufayli tozalanadi - ekologlar
"Tashlanmalarning sohalar kesimidagi tahlili: 37,8 foizi — neft va gaz, 20 foizi — energetika, 19 foizi — metallurgiya sanoatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 🛠 Sanoat tashlanmalarini kamaytirish maqsadida 2021-2023 yillarda respublika bo‘yicha 53 ta ishlab chiqarish korxonasining qariyib 320 ta chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilinadi.
Tashlanmalarga yana bir omil — transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylar, yonilg‘i sifati va magistral yo‘llarning yuklama darajasi yuqoriligi natijasida avtotransportlardan atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar yildan-yilga ortmoqda: o‘tgan yilda atmosfera havosiga 1,3 mln tonna chiqindi gazlari tashlangan".