TOShKENT, 7 sen – Sputnik. O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov mamlakatning Gruziyadagi elchisi (qarorgohi Baku shahrida) bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ashrafxonov 6-sentabr kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirgan.
“Suhbat chog‘ida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘radi”, - deyiladi xabarda.
Bahrom Ashrafxonov 2020-yil aprelidan buyon O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Shuningdek, u 2016-2018 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.