Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi

OAV toliblar Panjsher viloyati markazida o‘z bayrog‘ini ko‘targanini yozmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati ularga bo‘ysunmagan Afg‘onistonning shimoliy viloyati Panjsherni to‘liq nazorati ostiga oldi. Bu haqda toliblar vakili Zabihullo Mujohid ma’lum qildi.
“So‘nggi tayanch <...>, Panjsher viloyati, to‘liq egallab olindi”, - deyilgan uning Twitter’dagi sahifasidagi xabarda.
Xabarda qarshilik kuchlarining bir qismi janglarda mag‘lub bo‘lgan, boshqalari qochib ketgani aytilgan.
Afg‘onistonning “Asvaka” agentligi o‘z navbatida toliblar Panjsher viloyati markazida o‘z bayrog‘ini ko‘targanini xabar qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Panjsherda nimalar ro‘y bermoqda?