Sobiq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochdi - OAV

OAVlar yana sobiq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochib ketgani haqida yozmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. OAVda yana sobiq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochgani haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya va Afghanistan International nashlari xabar qilmoqda. Bu ma’lumotni Sputnik Tojikiston muxbiriga ham tasdiqlashgan.
Hozirda siyosatchining Tojikistonning aniq qayerida ekani ekani ma’lum emas.
Solehning Afg‘onistondan Tojikistonga qochib ketgani haqidagi xabarlar 4-sentabr kuni paydo bo‘lgandi. Times Now telekanali respublikaning sobiq vitse-prezidenti Tojikistonga Qarshilik ko‘rsatish yetakchilari hamrohida ketganini ta’kidlagandi.
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi
Ammo keyinchalik Soleh videomurojaat yo‘llab, bu xabarni rad etdi. U Panjsherda ekanini aytib, uning qochgani haqidagi xabarlarni “dushmanning propagandasi” deb atagandi.
Eslatib o‘tamiz, Amrullo Soleh “Tolibon”* Afg‘onistondagi hukumatni egallab olgani sabab mamlakatni tark etgan sobiq prezident Ashraf G‘anidan keyin o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qilgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti