O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha onlayn uchrashuvda ishtirok etdi

Afg‘onistonga har tomonlama ko‘maklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami ko‘rsatish va oziq-ovqat inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Kecha, 5-sentabr kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari virtual shaklda muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirish, tez fursatlarda mamlakatda keng vakillik asosida inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar.
Toliblar tomonidan Afg‘onistonda xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatiga hamda ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlarga har qanday tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish muhimligiga e’tibor qaratildi.
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi