O‘zbek-xitoy vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 million dozasini xarid qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. O‘zbekistonga koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 million dozasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 22 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 460 000 dozasi “Sputnik V”, 986 480 dozasi AstraZeneca, 18 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 mln dozasi Moderna vaksinasidir.
Ayni kungacha mamlakatda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha ham shu vaksinaning 1,5 million dozasi keltirilgan edi.