Farg‘onada deportdan chiqarishga va’da bergan firibgar DXX tomonidan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Rossiyadan deportatsiya qilingan fuqaro "muammosini hal qilib berishni" va’da qilgan shaxs ushlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Moskva meri “deport” va “zapret” qo‘yilgan migrantlar sonini ma’lum qildi
"Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. boshqa bir fuqaroning Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilinganligi holatini elektron bazadan chiqartirib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan", - deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.