Vashingtondagi otishmada uch kishi halok bo‘ldi

Voqea 4-sentabr kuni kechqurun Vashingtonning shimoli-g‘arbida ro‘y bergan.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Amerika poytaxti Vashingtondagi otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. Bu haqda NBC Washington mahalliy telekanal politsiyaga tayangan holda xabar qilmoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 4-sentabr kuni kechqurun Vashingtonning shimoli-g‘arbida ro‘y bergan. Bir guruh noma’lum shaxslar avtomobildan chiqib, yaqin atrofda bo‘lgan odamlarga qarata o‘t ochgan.
Jinoyatchilarni tutishda yordam beradigan ma’lumot uchun 75 ming dollar miqdorda mukofot berilishi e’lon qilingan.