Buxoroda jazmanini qo‘rqitib, undan pul undirmoqchi bo‘lgan qiz ushlandi

Fuqaro tanishi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Keyin u xushtoriga o‘z munosabatlarini uning oila a’zolariga oshkor qilishini aytib qo‘rqitgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Buxoro viloyati Jondor tumanida tanishi bilan bo‘lgan ishqiy munosabatini oshkor qilishini aytib, tovlamachilik qilayotgan qiz qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Romitan tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaro R.Sh. tanishi I.K. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Qiz xushtoriga o‘z munosabatlarini uning oila a’zolariga oshkor qilishini aytib qo‘rqitgan va undan pul talab qilgan.
Xushtoridan suratlarni tarqatmaslik uchun 200 mln so‘m olgan ayol yana pul olayotganda ushlandi
Fuqaro I.K. bu haqda ichki ishlar bo‘limiga xabar qilgan. Natijada ayol Jondor tumanining "Qozikent" mahallasidagi "Ziyo" kafesida jazmanidan 330 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.