Toshkentda bayroq ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda bayroqlar o‘g‘irlanishi holatiga bayroq ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yish bilan chek qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Toshkent shahrida bayroqlar o‘g‘irlanishi sabab tadbirkorlarga bayroq ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yish taklifi berildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, bunday holatlar yangi bayroqlar zahirasi va sotuvi shu kungacha yo‘lga qo‘yilmagani sabab yuzaga kelgan. Hokimlik xatoni bartaraf etish niyatida tadbirkorlarga bayroq ishlab chiqarish zahirasini yaratish va sotuvda bo‘lishini ta’minlashini aytib, murojaat qilgan.
“Vatanparvarlik yoki bezorilik”: Toshkentda haydovchilar ustunlardan bayroqlarni yechib olishdi
Avvalroq, Toshkent shahrida haydovchilar ustundagi bayroqni o‘zboshimchalik bilan olib, mashinasiga o‘rnatib harakatlanganligi ma’lum qilingan edi.
Mustaqillik bayramida fuqarolar poytaxt ustunlariga o‘rnatilgan davlat bayroqlarini bilan yechib olib, mashinalariga o‘rnatgan edi. Buning uchun ular Toshkent shahar IIBB tomonidan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgandi.