Yana bir oltin: Safiya Burxanova chempionlikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik para yengil atletikachi Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Para yengil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
O‘zbekistonlik sportchi Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi.
Paralimpiada-2020: Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi
Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 17 taga yetdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.