TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi ayol T.Q.ning murojaati tarqaldi. Unda fuqaro farzandi S.Q.ning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan emlangani, natijada ahvoli og‘irlashib vafot etgani haqida aytadi.
Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi.
Vaziyatni o‘rganish maqsadida tezkor guruh tuzilib, O‘rta Chirchiq tumaniga yuborildi.