TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Sochida yengil avtomobilga skotch bilan "kleylangan" holda xavfli truk bajargan bloger sud tomonidan besh sutkaga hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar o‘z do‘stini Chevrolet Camaro rusumidagi avtomobilga skotch bilan yopishtirib, shahar bo‘ylab soatiga 100 kilometrdan ortiq tezlikda aylantirishgani aks etgan videoyozuv tarqalgan edi.
Kun qahramoni huquq-tartibot organlari tomonidan tezda qo‘lga olingan.
Rossiya IIV mintaqaviy boshqarmasi xabariga ko‘ra, sud blogerni besh sutkagacha muddatga hibsga olgan. Bundan tashqari, qoidabuzarga ma’muriy jarima ham belgilangan.