"Mandat": imtihon yakuniy natijalari bugun e’lon qilinadi - DTM

Kirish imtihonlarning natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Davlat test markazining ma’lum qilishicha, 2021/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni 15:00 da e’lon qilinadi.
Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:
15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;
16:00 dan – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari;
17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.