Tolibon* Panjsherda harbiy operatsiyani boshlaydi

Tolib*lar Panjsherda harbiy operatsiyani boshlashga qaror qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tolibon (Rossiyada terrorchilik harakati sifatida taqiqlangan) qarshilik ko‘rsatish kuchlari bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin Panjsherda harbiy operatsiyani boshlashga qaror qildi, deb xabar berdi Al Jazeera harakatdagi manbaga asosan.
Bundan avval Afg‘oniston qarshilik ko‘rsatish kuchlari toliblarning Panjsher darasiga hujumlarini qaytarishdi.
"Tolibon haqiqatan ham Panjsherga bostirib kirmoqchi, lekin uddasidan chiqa olmayapti. Ular bitta ham avanpostni qo‘lga olishmadi", - deb xabar berdi Sputnik Afg‘oniston provinsiyadagi manbalariga tayanib.
Qarshilik ko‘rsatish kuchlariga ko‘ra, taxminan ikki kun ichida 500 nafarga yaqin jangari o‘ldirilgan. O‘nlab toliblar taslim bo‘lgani haqida ham xabarlar bor.
Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Ag‘bar “Tolibon”* harakati Panjsherdagi Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’udni yo‘q qilish niyatida ekaniligini ma’lum qildi.
Qo‘rqoq va xoinmi? Afg‘on elchisi Ashraf G‘ani haqida
Toliblar avgust oyida Afg‘onistonning deyarli butun hududini egallab oldi. Panjsher ular nazorati ostida bo‘lmagan yagona hudud bo‘lib qolmoqda. Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud agar inklyuziv hukumat tuzilib, fuqarolik huquqlari hurmat qilinishini ta’minlasa, toliblarga qarshi kurash yakunlanishini ma’lum qilgandi.
Ahmad Mas’ud – asli kelib chiqishi tojik, Panjsher sheri laqabi bilan mashhur bo‘lgan afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li. Katta Mas’ud 1990-yillarda toliblarga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans”ga rahbarlik qilgan, 2001-yilda o‘ldirildi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.