TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiyada 2022-yil boshida talabalar uchun yagona ilovani ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Shadayev ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, yil boshida talabalar uchun ilova bo‘ladi, raqamli talabalar qayd daftarchasi”, - dedi Shadayev. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ta’kidlanishicha, bu bilan qog‘ozli hujjatlar bir chetga suriladi.
Avvalroq vazirlik talabalar uchun ularga barcha kerakli xizmatlarni olish imkonini beruvchi ilovani ishlab chiqarishni taklif qilgandi.