Putin bolaligida kim bo‘lishni xohlaganini aytdi - video

Rossiya prezidenti Vladivostokdagi "Okean" Umumrossiya bolalar markazi maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuvda ishtirokchilardan birining undan bolaligida nima haqida orzu qilganligi haqidagi savoliga javob berdi.
Sputnik
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligida dengizchi yoki uchuvchi bo‘lishini xohlagan. Bundan tashqari, u razvedka xizmati xodimi bo‘lib, vataniga xizmat qilishni istagan. Uning bu boradagi orzusi keyinchalik amalga oshgan.
"Ko‘p o‘g‘il bolalar singari, men ham birinchi bo‘lib dengizchi, keyin uchuvchi, keyin razvedka xizmati xodimi bo‘lishni xohlaganman va bu ro‘y berdi. Ba’zida men hatto bu qanday sodir bo‘lganiga hayron qolaman. Bu aslida qiyin. Men razvedka xodimi bo‘lishni xohlayman deyishning o‘zi bilan bunga erishib bo‘lmaydi. Lekin men bu natijaga erishdim", — degan Rossiya prezidenti uchrashuv ishtirokchilaridan birining savoliga javob berar ekan.
Putin asosiysi maktab ham, oilasi ham, atrofdagilari ham u o‘zini Vatan xizmatiga bag‘ishlay olishiga yo‘naltirganini ta’kidladi.
“Bugun men aynan shu bilan shug‘ullanayapman. Va o‘ylaymanki, bu ma’noda orzu qilgan narsamga erishishga muassar bo‘ldim”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.