TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletikaning F35 klassida erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Finalda Husniddin Norbekov 16.13 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Endi u ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempionidir. U Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarida disk uloqtirish bo‘yicha jahon rekordini yangilagan holda chempion bo‘lgan edi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 taga yetdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza