Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi - video

Niagara sharsharasi O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Shimoliy Amerikadagi mashhur Niagara sharsharasi O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Sharsharaning O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritilishi 15 daqiqa davom etdi. Uni ko‘rish uchun AQSh va Kanadada 200 nafardan ortiq o‘zbekistonlik keldi.
O‘zbekistonliklar oila a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratib, milliy liboslarda bayramni nishonladilar. Vatandoshlar ijrosidagi o‘zbek raqs va qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha iliqlik baxsh etdi.