TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Bugun, 2-sentabr kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mirziyoyev u yerda mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.
U istiqlolning 30-yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, mamlakat tarixining eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatni boshqarganini ta’kidladi.
Marosimda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq, Islom Karimov vafot etgan 2-sentabr sanasi Xotira kuni sifatida belgilangan. Bu kunda jamoatchilik yig‘ilib, birinchi prezidentni yod etadi.