TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati ko‘magida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan bank boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, jamg‘arma O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Kapitali 500 million dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan mazkur jamg‘arma yoshlarimiz, ayollarimiz va qishloq aholisini tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, - dedi davlat rahbari.