TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi.
"Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30-yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Biz Qodir Ollohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz. O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma’naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi. Biz O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz", - deyiladi tabrik matnida.