Emomali Rahmon o‘g‘lini davlat mukofoti bilan taqdirladi

Tojikiston prezidenti Rustam Emomalini Mustaqillikning yubiley medali bilan taqdirladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon amaldorlar va davlat arboblarga faxriy mukofotlarni topshirdi.
“88 kishi “Tojikiston Respublikasining Davlat mustaqilligining 30-yilligi” yubiley medali bilan taqdirlandi, ikki kishiga “Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan ishchi” unvoni berildi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Chop qilingan suratlarda taqdirlanganlar orasida Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Tojikiston parlamenti yuqori palatasi spikeri, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali ham bor.
Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri Kohir Rasulzoda, TIV rahbari Sirojiddin Muhriddin va boshqa siyosatchilar taqdirlangan.