Sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi

“Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. “Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- 2021-yil 1-oktabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi;
- 2022-yil 1-yanvardan sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilanadi.