TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’fosini qabul qildi.
“Prezident Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi”, — deb yozdi prezident matbuot kotibi Berik Uali Facebook᾽dagi sahifasida.
26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik o‘q-dorilari omborida portlashlar sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetgan. 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Yermekbayev yong‘in va portlashlardan keyin iste’foga chiqish haqida ariza topshirgan edi.
Toqayev o‘z farmoni bilan sobiq vazirning birinchi o‘rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinladi.
Yermekbayev 2018-yilning avgust oyida Qozog‘iston Mudofaa vazirligini boshqarishga kirishgan. Bungacha u ikki yil 2014-yildan 2016-yilgacha Qozog‘iston din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri, 2018-yil apreldan avgustgacha prezident yordamchisi — mamlakat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan.