Rekord: O‘zbekiston harbiy shifokorlari ArMIda qanday g‘alaba qozonishdi - video

“Forish” tog‘ poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasi yakuniga ketdi, So‘nggi shartida O‘zbekiston jamoasi Rossiya va Xitoy jamoalarini ortda qoldirib, uchinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
Ishtirokchilar muhandislik to‘siqlaridan emaklab o‘tib, shartli yaradorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiy zambil orqali va arqon yordamida suvli to‘siq ustidan olib o‘tish, sanitar harbiy texnikaga joylashtirib, barcha aslahalarni yig‘ishtirib olish, keyin esa ularni xavfsiz hududga olib chiqish kabi mashqlarni bajarishdi.
O‘zbekiston jamoasi bu yil ham mazkur musobaqaning “Jamoaviy birinchilik” bosqichida o‘tgan yilgi natijalarini yangilab, rekordlar qayd etishdi. Shartni bajarish uchun erkaklar o‘rtasida 5 daqiqa 28,4 soniya, ayollar o‘rtasida esa 7 daqiqa 51,3 soniya vaqt sarf qilishdi.
Finishdan so‘ng, ayollar jamoasi a’zolari to‘siqlardan o‘tish paytida charchoq haqida o‘ylamaganliklari, balki vazifani bajarishga e’tibor berishganini tan olishdi.
"Bu yerda jamoa to‘g‘ri tanlangani uchun, o‘zaro tushunish, shu jumladan jismonan juda muhim, Mashqlarnimuvaffaqiyatli bajardik va rekord o‘rnatdik. Bu O‘zbekiston mustaqilligi yubileyiga bizning tuhfamiz" - dedi Liliya Manasipova.
Bu yil “Harbiy tibbiy estafeta”da Rossiya, Belarus, Xitoy, Vyetnam, O‘zbekiston, Tojikiston, Myanma va Falastin jamoalari bellashdilar.