TOShKENT, 30 avg – Sputnik. BAAning Dubay shahridagi boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Yigitlar musobaqada 11 ta medal - 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Hojiakbar Mahmudov (-50 kg), Javohir Ummataliyev (-60 kg), Lazizbek To‘lqinov (-63 kg), Fazliddin Erkinboyev (-66 kg), Shavkatjon Boltayev (-70 kg) va Sardorbek Tursunov (-81 kg) oltin medal bilan chempion bo‘lishdi.
Boksori Uzbekistana stali pervimi na yunosheskom chempionate Azii v Dubae
© Press-slujba Federatsii boksa Uzbekistana
Abdulloh Madaminov (-52 kg), Mironshoh Norqosimov (-54 kg), Dalerjon Bozorov (-57 kg) va Mizrob Nekboyev (-75 kg) kumush medalga ega chiqishdi. Baxtiyor Yaxshiboyev (-46 kg) bronza bilan kifoyalandi.
Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik bokschilar band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi.
O‘zbekiston o‘smir qizlar terma jamoasi ham 11 ta medalga ega chiqishdi - 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medali. Gulsevar G‘aniyeva (-46 kg), Shahina Ne’matova (-50 kg) va Oysha Toirovaga (-70 kg) teng keladigani topilmadi.
Boksori Uzbekistana stali pervimi na yunosheskom chempionate Azii v Dubae
© Press-slujba Federatsii boksa Uzbekistana
Robiyaxon Baxtiyorova (-48 kg), Guldana Tilaubergenova (-54 kg) va Sanobar Bozorboyeva (-66 kg) “kumush” olishdi. Laziza Yusupova (-52 kg), Ra’no Muratbayeva (-57 kg), Muxlisa Tohirova (-60 kg), Sitora Bahodirova (-63 kg) i Oltinoy Sotimboyeva (-81 kg) “bronza”ni qo‘lga kiritishdi.
Ma’lumot uchun, Dubaydagi Osiyo chempionati to‘rtta toifada (o‘smir o‘g‘il bolalar va qizlar, yoshlar va yosh qizlar) o‘tkazildi.