O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 90 ming doza ikkinchi komponenti keltirildi

V Tashkent dostavili 90 tisach doz vaksini Sputnik V
Ular ushbu vaksinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 90 ming doza “Sputnik V” vaksinasi keltirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Hozirgina "Sputnik V" vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yurtimizga olib kelindi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, vaksinaning bu komponenti ushbu vaksinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun mo‘ljallangan.
Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 17 million 946 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Pomidor
O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi
Ulardan: 460 000 dozasi "Sputnik V", 986 480 dozasi AstraZeneca, 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kungacha mamlakatda jami 14 million dozadan ziyod vaksinadan foydalanilgan. 1,7 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.