Dunyodagi eng ishonchli valyuta qaysiligi aytildi

Rossiyalik tahlilchining fikricha, shveysariya franki dunyodagi eng barqaror va ishonchli valyutalardan biri sanaladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Shveysariya franki dunyodagi eng barqaror va ishonchli valyutalardan biridir. Bu haqda “BKS Mir investitsiy” jamg‘arma bozori bo‘yicha ekspert Dmitriy Babin “Praym” agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.
Iqtisodchining ta’kidlashicha, frankning barqarorligi mehnatning yuqori ixtisoslashgani va biznes yuritish uchun ko‘ngildagidek shart-sharoitlari bilan ajralib turuvchi Shveysariya iqtisodiyotiga bevosita bog‘liq.
“Dunyodagi eng yirik oltinni qayta ishlovchi hamda Yevropaning amaldagi bank va moliya poytaxti bo‘lgan holda mamlakat haqiqatdan dunyodagi eng ishonchli moliyaviy-iqtisodiy tizimlaridan biri sifatida obro‘ga ega”, - dedi tahlilchi.
U o‘tgan yili koronavirus pandemiya sabab barcha bozorlar jabr ko‘rganini eslatdi. Shveysariya franki esa bozorlar qayta tiklanayotgan paytda keskin ko‘tarilib, mustahkamlanishda davom etgan.
“Galdagi inqiroz yana Shveysariya frankini ishonchli himoyali valyuta sifatida isbotlashini taxmin qilish mumkin”, - deb hisoblaydi Babin.