Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini tiklamoqda

31 avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini boshlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini tiklamoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
2021 yil 31-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini boshlaydi va respublika bo‘ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi.
Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi
Eslatib o‘tamiz, 19-avgustdan boshlab aeroport texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga yopilgan edi.