Paralimpiada-2020: Shirin Sharipov musobaqadan chetlatildi

Sharipov bundan oldingi bosqichda raqibiga nisbatan mumkin bo‘lmagan usulni qo‘llagani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik dzudochi Shirin Sharipov musobaqadan chetlatildi. Bu haqda MOQ xabar qilmoqda.
Sportchi +100 kg vazn toifasida bronza medali uchun ozarbayjonlik Ilxam Zakiyev bilan kurash olib borishi kerak edi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sharipov bundan oldingi bosqichda raqibiga nisbatan mumkin bo‘lmagan usulni qo‘llagan. Shu bois hakamlar tomonidan bellashuvdan chetlatilgan va g‘alaba Ozarbayjon vakiliga berilgan.